108836-sonli litsenziya
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi · litsenziyalar davlat reestri L-53247-son · STIR 308739544 · amal qilish muddati 2022-yil 15-noyabrdan 2027-yil 15-noyabrgacha. Yetti faoliyat turi: tarkibida tetragidrokannabinol (TGK) miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan texnik kanop (Cannabis sativa L.) oʻsimligini sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish va olib chiqish, qayta ishlash, saqlash, sotish, qabul qilib olish va tashish.
Litsenziyada — reestr orqali tekshirish uchun QR-kodVazirlar Mahkamasining 511-son qarori
2022-yil 20-sentabrdagi «Navoiy viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror. Loyiha yirik investitsiya loyihasi maqomiga ega: investitsiya majburiyatlarining bajarilishini Vazirlar Mahkamasi har oy nazorat qiladi.
Qaror ijrosi Navoiy viloyati hokimligining 2022-yil 28-sentabrdagi 194-5-0-Q/22-sonli qarori bilan taʼminlangan: klaster uchun Qiziltepa tumanida 1 015 ga yer ajratilgan.
Davlat organlarining meʼyoriy hujjatlari saytda fayl shaklida eʼlon qilinmaydi.
Davlat reestrida tekshirish
Elektron litsenziyada QR-kod bor: uni skanerlang — Qishloq xoʻjaligi vazirligining litsenziyalar reestridagi «HEMPFARM JV» haqidagi yozuv ochiladi.
✦ Tarkibida tetragidrokannabinol miqdori 0,2 foizdan past boʻlgan texnik kanop (Cannabis sativa L.) navlari faqat sanoat maqsadlarida yetishtiriladi. Faoliyat giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan bogʻliq emas.